Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Umumta’lim maktablarida amaliy fanlarni o’qitishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish” mavzusida videoseminar o’tkazildi.

Yig’ilishni Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari mutasaddilari, metodika markazlari rahbarlari hamda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari, XTXQTMOI mutasaddilari, metodistlar joylarda turib to’g’ridan-to’g’ri kuzatishdi.