Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Kitob orqali dunyoni kashf etamiz” shiori ostida “Ommaviy kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Joriy yildan boshlab ilk marotaba tashkil etilayotgan mazkur haftalikdan maqsad o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini shakllantirish, ularda mutolaa madaniyatini tarbiyalash, kitobxonlikni rivojlantirishga innovasion yondashuvlarni tatbiq etishdir.

Haftalik doirasida respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalarida ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, taniqli bolalar shoir va yozuvchilari bilan ijodiy uchrashuvlar, yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari, mahorat saboqlari, turli tanlovlar, viktorinalar, intellektual o‘yinlar tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirlarga qariyb 2 mln.ga yaqin o‘quvchi qamrab olindi.

Mazkur haftalik doirasida respublikamiz bo‘ylab “Bir farzandga – uch kitob” aksiyasi tashkil etildi.
Shuningdek, haftalik doirasida “Virtual sayohat: “Sevimli kitobim katta erkanda”, “Olam haqida bir olam kitob” multimediali taqdimotlar, “Veblandiya” o‘quvchilari uchun eng yaxshi elektron resurslar taqdimoti” virtual ko‘rgazmasi, “Eng yaxshi kitobxon oila”, Eng yaxshi kitobxon sinf ”, “Eng kitobxon maktab” kabi ijodiy tanlovlar, “Ertaklardagi sevimli personajlar” mavzularida viktorinalar, “Ertaklar karvoni”,“Kitoblar olamiga sayohat” mavzularida ifodali o‘qish tanlovi, “Bolalar kitobxonligi sarhadlarini kengaytirib” va “Kitob varaqlaganda…” mavzularida ijodiy uchrashuvlar, “O‘qish – eng yaxshi mashg‘ulot” nomli seminar-trening va boshqa turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Kutilayotgan Tadbirlar

Natijalar topilmadi.

Taqvim

Aprel 2020
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
« Apr   May »
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930  

Foydali havolalar